NUR

Yeremiyo 32

1Yahudo shohi Zidqiyo hukmronligining o‘ninchi yilida Yeremiyoga Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi. O‘sha yili Bobil shohi Navuxadnazar hukmronligining o‘n sakkizinchi yili bo‘lib,

2ayni vaqtda u lashkarlari bilan Quddusni qamal qilib turgan edi. Yeremiyo esa Yahudo shohi saroyidagi soqchilar hovlisiga qamab qo‘yilgan edi.

3(Shoh Zidqiyoning o‘zi Yeremiyoni o‘sha yerga qamatib, shunday degan edi: “Nega sen Egamizning nomidan bashorat qilib yuribsan? Sen shunday deb yurgan emishsan: “Egamiz bu shaharni Bobil shohining qo‘liga topshiradi, shahar taslim bo‘ladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →