NUR

Yeremiyo 3

1Egamiz shunday demoqda: “Bir odam xotini bilan ajrashdi, deylik. Agar xotini borib, boshqasiga turmushga chiqsa, oldingi eri uni qayta nikohiga olishi mumkinmi?! Bunday bema’nigarchilik yurtni harom qilib yubormaydimi?! Ey Isroil, sen ko‘p o‘ynashlar orttirib fohishalik qilding. Endi qaysi yuz bilan oldimga qaytib kelmoqchisan?!

2Atrofingdagi yalang qirlarga nazar solib, qara! Sen fohishalik qilmagan biror joy qoldimi?! Sen yo‘l bo‘ylarida o‘tirib, o‘ynashlaringni kutding. Cho‘lda bosqinchilik qilishga shay turgan qaroqchiday bo‘lding. Menga qilgan bevafoliging va fosiqliging bilan, Butun yurtni harom qilding.

3Shu sababdan yomg‘ir yog‘madi, Bahorda yog‘ingarchilik bo‘lmadi. Sen fohishaday bezbetsan, Uyat degan narsani bilmaysan.

Nur ilovasida to'liq o'qish →