NUR

Yeremiyo 25

1Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqim hukmronligining to‘rtinchi yilida Yeremiyoga Yahudo xalqi to‘g‘risida Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi. Bobil taxtiga xuddi o‘sha yili Navuxadnazar o‘tirgan edi.

2Payg‘ambar Yeremiyo Yahudo xalqi va Quddus aholisiga shunday dedi:

3“Omon o‘g‘li Yo‘shiyo Yahudoda hukmronlik qilgan davrning o‘n uchinchi yilidan tortib to bugunga qadar Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qilib kelmoqda. Mana, yigirma uch yildirki, men sizlarga to‘xtovsiz gapiryapman, ammo sizlar gaplarimga quloq solmayapsizlar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →