NUR
Yeremiyo 24
1Egamiz menga Ma’bad oldida turgan ikki savat anjirni ko‘rsatdi. Bu voqea Bobil shohi Navuxadnazar Quddusdagi Yahudo shohi Yohayixinni, Yahudo a’yonlarini, hunarmandlaru temirchilarni Bobilga asir qilib olib ketgandan so‘ng sodir bo‘ldi. Shoh Yohayixin Yohayiqimning o‘g‘li edi.
2Men ko‘rgan savatlarning birida yaxshi chillaki anjirlar, boshqasida esa yomon, yeb bo‘lmaydigan anjirlar bor edi.
3Egamiz mendan: — Yeremiyo, nimani ko‘ryapsan? — deb so‘radi. — Anjirlarni, — deb javob berdim men. — Yaxshi anjirlar nihoyatda yaxshi ekan, yomonlari esa yeb bo‘lmaydigan darajada irib ketgan ekan.