NUR
Yeremiyo 22
1Egamiz menga shunday dedi: “ Yahudo shohi saroyiga borib, quyidagi gaplarimni ayt:
2Ey, Dovud taxtida o‘tirgan Yahudo shohi, eshit. A’yonlaring va mana bu saroyga kirgan odamlaring ham sen bilan birga Egamizning so‘zini eshitsin.
3Egamiz shunday demoqda: Adolat va to‘g‘rilik bilan ish tuting. Jabrdiydalarni zo‘ravonlarning qo‘lidan qutqaring. Musofirlarga, yetim va bevalarga nohaqlik qilmang, ularni ezmang. Bu yerda begunoh odamning qonini to‘kmang.