NUR
Yeremiyo 17
1Ey Yahudo xalqi, sizlarning gunohingiz temir qalam bilan o‘yib yozilgan. Sizlarning gunohingiz tosh yuraklaringiz ustiga va qurbongohlaringiz shoxlariga olmos uchi bilan o‘yib bitilgan.
2Hatto farzandlaringiz ham baland qirlardagi va sersoya daraxtlar ostidagi qurbongohlarga borib, Asheraning ustunlariga sajda qilishadi.
3Butun yurtda qilgan gunohlaringiz evaziga Men O‘z tog‘imni, sizning hamma boyliklaringizni, xazinalaringizni va barcha sajdagohlaringizni dushmanga o‘lja qilib beraman.