NUR
Yeremiyo 11
1Yeremiyoga Egamizning quyidagi so‘zi ayon bo‘ldi:
2“Mening Isroil xalqi bilan tuzgan ahd shartlarimga quloq sol. Bularni Yahudo xalqi va Quddus aholisiga yetkaz.
3Ularga ayt: Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Ushbu ahd shartlariga rioya qilmagan har bir odam la’nati bo‘lsin!