NUR
Yeremiyo 1
1Ushbu kitobda Xilqiyo o‘g‘li Yeremiyoning so‘zlari bayon etilgan. Yeremiyo Benyamin hududidagi Onoto‘t shahrida yashagan ruhoniylardan biri edi.
2Omon o‘g‘li Yo‘shiyo Yahudoda hukmronlik qilgan davrning o‘n uchinchi yilida, Egamizning so‘zi ilk bor Yeremiyoga ayon bo‘lgan edi.
3Shundan so‘ng, Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqim davridan tortib, to Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Zidqiyo hukmronligining o‘n birinchi yiligacha, Egamiz Yeremiyoga O‘z so‘zini bir necha marta ayon qilgan edi. Zidqiyo hukmronligining o‘n birinchi yili, beshinchi oyida Quddus aholisi Bobilga surgun qilindi.