NUR
Hakamlar 16
1Bir kuni Shimsho‘n Filistlarning shahri G‘azoga bordi. U yerda bir fohisha ayolni ko‘rib uning oldiga kirdi.
2G‘azoliklar Shimsho‘n kelganini bilgach, o‘sha joyni o‘rab olishdi. Ularning ba’zilari shahar darvozasida yashirinib, kechasi bilan uni poylab turishdi. Ular tun bo‘yi pisib, “Qani, tong yorishgunicha kutib turaylik–chi, keyin uni o‘ldiramiz”, deb o‘ylayotgan edilar.
3Shimsho‘n esa fohishanikida faqatgina yarim kechagacha bo‘ldi. U tun yarmida turib, shahar darvozasining eshiklarini yondorlari bilan sug‘urib oldi–da, barcha tambalari bilan yelkasiga ortib, Xevron ro‘parasidagi tepalikning ustiga olib chiqdi.