NUR

Hakamlar 15

1Oradan vaqt o‘tdi. Bug‘doy o‘rimi paytida, Shimsho‘n bir uloqcha olib, xotinining oldiga bordi. U qaynatasiga: — Men xotinimning oldiga kirmoqchiman, — dedi. Qaynatasi esa Shimsho‘nni ichkariga kirgizmadi.

2— Sen qizimni tashlab ketding, deb o‘ylagandim, — dedi u. — Shuning uchun uni kuyov jo‘rangga uzatib yubordim. Qara, kenja qizim undan ham chiroyliroq. Kel, uning o‘rniga singlisini olaqol.

3— Bu safar Filistlarga yomonlik qilsam, aybga buyurmaysiz, — deb chiqib ketdi Shimsho‘n.

Nur ilovasida to'liq o'qish →