NUR

Hakamlar 11

1Giladlik Yiftox dovyurak jangchi edi. Uning otasi Gilad, onasi esa fohisha bir ayol edi.

2Giladning o‘z xotinidan tug‘ilgan o‘g‘illari ham bor edi. Ular ulg‘aygach, Yiftoxga: “Otamizdan qolgan merosga sening hech qanday haqing yo‘q! Bor, yo‘qol! Sen boshqa ayolning bolasisan”, — deya haydagan edilar.

3Yiftox aka–ukalaridan qochib, Tov yurtiga borgan edi. O‘sha yerda o‘rnashib olganidan so‘ng, atrofiga yaramas odamlarni to‘plab, bosqinchilik qila boshlagan edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →