NUR

Ishayo 62

1Quddus haqi, men sukut saqlamayman, Sion haqi, men jim turmayman. Uning zafari tong kabi nur sochmaguncha, Uning najoti mash’ala kabi yonmaguncha, Men aslo jim turmayman.

2Ey Quddus xalqi, xalqlar sizning g‘alabangizni, Har bir shoh shuhratingizni ko‘radi. Egamiz O‘z og‘zi bilan bergan Yangi nom bilan chaqirilasiz.

3Sizlar Egamizning qo‘lida go‘zallik tillaqoshi, Xudoyingizning qo‘lida shohlik toji bo‘lasiz.

Nur ilovasida to'liq o'qish →