NUR

Ishayo 58

1Egam aytar: “O‘zingni tutmay, qattiq hayqirgin, Karnayga o‘xshab, ovozingni baland ko‘tar. Xalqimga itoatsizligini aytgin, Yoqub xonadoniga gunohkorligini ko‘rsat.

2Xuddi to‘g‘ri yo‘ldan yurgan xalqqa o‘xshab, Ular har kun Menga intilganday bo‘ladi. Xudosining amrlarini unutmagan xalqday, Yo‘llarimni bilmoq istaydi. Mendan odil hukm so‘raydi, Men, Xudoga yaqinlashishni istaganga o‘xshaydi.

3Ey xalqim, sizlar Menga: ‘Ro‘za tutyapmiz–ku, Sen ko‘rmayapsan, Senga itoat qilyapmiz–ku, nega bilmaysan?!’ deb aytasizlar. Axir, ro‘za tutgan kuningizda xohlaganingizni qilyapsiz, Ishchilaringizdan og‘ir mehnat talab etyapsiz.

Nur ilovasida to'liq o'qish →