NUR

Ishayo 55

1Egam aytar: “Ey tashna bo‘lganlar! Hammangiz suvga kelinglar! Ey siz, pulsizlar, keling, sotib olib, yenglar! Keling, sharobu sut sotib oling pulsiz, tekinga!

2Nima uchun non bo‘lmagan narsaga pul sarf qilasiz? Nima uchun ishlab topganingizni Qoniqtirmaydigan narsalarga sarf qilasiz? Eshiting, Menga quloq soling! Shunda a’lo taomlarni yeysiz, Yog‘li taomlar yeb, maza qilasiz.

3Quloq soling, menga keling, Tinglang, shunda yashaysiz. Dovudga va’da bergan sodiq sevgim haqi Siz bilan abadiy ahd tuzaman.

Nur ilovasida to'liq o'qish →