NUR
Ishayo 49
1Quloq soling, ey dengiz ortidagi yurtlar! E’tibor bering, ey uzoqdagi xalqlar! Tug‘ilmasimdan oldin Egam meni chaqirdi, Ona qornidaligimdayoq U ismimni aytib chaqirdi.
2U tilimni o‘tkir qilichday qildi, Qo‘lining soyasida U meni yashirdi. U meni uchli o‘qday qildi, O‘qdoniga meni yashirdi.
3U menga shunday dedi: “Sen Mening qulimsan, Ey Isroil, Men sen tufayli shuhrat topaman.”