NUR
Ishayo 45
1Egam aytar: “Men shoh Kurushning o‘ng qo‘lini kuchaytirdim. Xalqlarni unga itoat ettiray, deya Shohlarni qurolsizlantiraman. Uning oldida eshiklar ochiq turadi, Darvozalar yopilmaydi.” Egamiz O‘zining tanlagani — Kurushga shunday aytmoqda:
2“Men O‘zim Sening oldingda boraman, Tog‘larni tekislikka aylantiraman, Bronza eshiklarni parchalayman, Temir tambalarni sindiraman.
3Men Egang ekanligimni bilib olgin, Sening ismingni aytib chaqirayotgan Men Isroil xalqining Xudosi ekanligimni anglagin, deb Yashirib qo‘yilgan boyliklarni, Zulmatdagi xazinani senga beraman.