NUR
Ishayo 43
1Endi ey Yoqub nasli, seni yaratgan Egamiz gapirmoqda! Ey Isroil xalqi, seni barpo qilgan Egamiz shunday aytmoqda: “Men seni qutqardim, Sening ismingni aytib chaqirdim, Sen Menikisan, qo‘rqma!
2Suvlardan o‘tganingda Men sen bilan birga bo‘laman. Daryolardan o‘tganingda Suvlar seni ko‘mmaydi. Olovdan o‘tganingda yonmaysan, Olov seni kuydirmaydi.
3Ha, Men sening Egang Xudoman, Isroil xalqining muqaddas Xudosi — Qutqaruvchingman. Sen uchun to‘lov qilib Misrni berdim, Habashiston, Savo yurtlarini sening o‘rningga berdim.