NUR

Ishayo 35

1Cho‘lu biyobon shod bo‘ladi, Sahro quvonib, atirgulday gullaydi.

2Hamma yoqda gul–chechaklar ochiladi, Cho‘l shodlanib, quvonchdan hayqiradi. Lubnonning chiroyi, Karmil tog‘ining, Sharon tekisligining ulug‘vorligi Unga beriladi. Ular Egamizning shuhratini, Xudoyimizning ulug‘vorligini ko‘radi.

3Qo‘llari charchaganlarga dalda bergin, Tizzalari bukilganlarga madad bergin.

Nur ilovasida to'liq o'qish →