NUR
Ishayo 32
1Ana, shoh solihlik bilan hukmronlik qiladi, Hukmdorlar adolat bilan boshqaradi.
2Har bir odam shamoldan asraydigan panohday bo‘ladi, Bo‘rondan saqlaydigan boshpana kabi bo‘ladi. Ular sahrodagi suv o‘zaniga o‘xshaydi, Tashna yerdagi ulkan qoyaning soyasiday bo‘ladi.
3Ko‘radiganlarning ko‘zlari endi yumilmaydi, Eshitadiganlar endi quloq soladi.