NUR
Ishayo 31
1Holingizga voy! Ey Misrdan yordam so‘rab borayotganlar! Holingizga voy! Ey otlarga ishonayotganlar! Ular jang aravalarining ko‘pligiyu Kuchli otliqlarga umid bog‘laydilar. Isroil xalqining muqaddas Xudosiga esa Nazar ham tashlamaydilar, Unga yuz burmadilar.
2Axir, Egam ham dono. U kulfat olib keladi. So‘zlarini U qaytib olmaydi, Fosiqlarning xonadoniga qarshi qo‘zg‘aladi, Badkirdorlarga yordam berganlarga qarshi turadi.
3Misrliklar Xudo emas, insonlardir, Ularning otlari ruh emas, tanadir. Egam ularga qarshi qo‘l ko‘targanda, Madadkor qoqiladi, Madadga zor yiqiladi. Ikkovi birgalikda halok bo‘ladi.