NUR
Ishayo 28
1Ey ulug‘vorlik toji bo‘lgan shahar! Holingga voy! Efrayim, mast–alastlarining ulug‘vorligi eding sen! Eh, ajoyib, go‘zal shahar eding! Shuhrating gulday so‘lmoqda! Serhosil vodiydagi unumdor shahar eding. Tubanlashding sharobdan!
2Mana, Rabbiyning kuchli bir bahodiri bor. U selga, vayron keltiradigan quyunga o‘xshaydi. Yuvib ketadigan, toshqin jalalarga o‘xshaydi. O‘z qo‘llari bilan u Efrayimni yakson qiladi.
3Eh, Efrayim mast–alastlarining ulug‘vorlik toji! Ana endi oyoq ostida toptaladi!