NUR

Ishayo 27

1O‘sha kuni Egamiz qilichi bilan jazolar, Shafqatsiz, bahaybat, qudratli qilichi bilan. Jazolar Levitanni, o‘sha qochayotgan ilonni, Levitanni, ha, g‘imirlayotgan ilonni, O‘ldirar dengizdagi o‘sha ajdarhoni.

2Egam aytar: “O‘sha kuni ajoyib uzumzor to‘g‘risida kuylang!

3Men, Egangiz, uzumzor qo‘riqchisiman, Doimo uni sug‘oraman. Kechayu kunduz uzumzorni qo‘riqlayman, Hech kim unga zarar keltirolmaydi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →