NUR

Ishayo 25

1Ey Egam, Sen mening Xudoyimsan. Sen ajoyib ishlar qilgansan, Men Seni sharaflayman. Qadim davrlardan rejalar tuzgansan, Ular sadoqatli va ishonchlidir.

2Yakson qilding dushmanlarimiz qal’alarini, Vayronaga aylantirding mustahkam shaharlarini, Yo‘q qilding uzoq yurtdagi ajoyib saroylarini, Ular hech qachon qayta tiklanmas.

3Endi kuchli xalqlar Seni izzat qiladi, Shafqatsiz xalqlar Senga sajda qiladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →