NUR

Ishayo 22

1Vahiy vodiysi haqida bashorat. Ey shovqin–surondan shod bo‘lgan shahar ahli, Nima bo‘ldi sizga, tomlarga chiqib oldingiz? Orangizdan o‘lganlar qilichdan emas, Ular jang qilib o‘lgan emas.

2Yo‘lboshchilaringiz yoyini tashlab, Hammasi asirga tushdi. Ular uzoqqa qochgandi, Ammo hammasi asirga tushdi.

3Shunda men dedim: “Yolg‘iz qoldiring meni, Achchiq–achchiq yig‘layin. Tasalli berishga urinmang menga, Axir, uchradi xalqim qirg‘inga!”

Nur ilovasida to'liq o'qish →