NUR

Ishayo 20

1Ossuriya shohi Sargon o‘z lashkarboshisini Ashdod shahriga yubordi. Lashkarboshi kelib Ashdodni qo‘lga oldi.

2O‘sha paytda Omiz o‘g‘li Ishayoga Egamiz shunday dedi: — Qani, egningdagi qanorni yech, oyoqlaringdagi choriqlaringni yech. Ishayo aytilganlarni qildi. U yalang‘och, yalangoyoq yuradigan bo‘ldi.

3Shunda Egamiz dedi: — Qulim Ishayo uch yil yalang‘och, yalangoyoq yurgani Misr va Habashiston to‘g‘risida belgi va nishona bo‘ldi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →