NUR
Xo'sheya 6
1Bu xalq shunday deydi: “Kelinglar, Egamizga qaytaylik! U bizni tilka–pora qildi, Shifoni ham O‘zi beradi. Bizni yarador qildi, Yaralarimizni O‘zi bog‘laydi.
2Uning huzurida yashay olishimiz uchun, Ikki kunda bizni hayotga qaytaradi, Uchinchi kuni oyog‘imizga turg‘izadi.
3Kelinglar, Egamizni bilishga intilaylik. Tong otishi muqarrar bo‘lganday, U albatta bizga zohir bo‘ladi, Kuz va bahorda yomg‘ir yog‘ishi tabiiy bo‘lganday, U albatta oldimizga keladi.”