NUR

Xo'sheya 12

1Efrayim garmsel boqib yurar, Kun bo‘yi sharqdan esgan shamol ketidan quvar. Yolg‘onu zo‘ravonlikni u orttirar. Ossuriya bilan sulh tuzib, Zaytun moyini Misrga jo‘natar.

2Yahudoga Egamiz da’vo qiladi. Yoqub naslining ta’zirini U beradi, Tutgan yo‘liga yarasha uni jazolaydi.

3Onasining qornidayoq Yoqub akasi bilan talashgan, Ulg‘aygach esa Xudo bilan olishgan.

Nur ilovasida to'liq o'qish →