NUR
Ibroniylarga 2
1Shu sababdan biz butun e’tiborimizni eshitganlarimizga qaratishimiz kerak. Shunda haqiqatdan og‘ib ketmaymiz.
2Farishtalar orqali ota –bobolarimizga berilgan Tavrot qonunlari majburiy edi. Agar Tavrot qonunlarini buzgan va ularga itoat etmagan odamlar har bir qilmishiga yarasha jazolangan bo‘lsa,
3nahotki biz buyuk najot xabariga e’tiborsiz qolsak jazodan qochib qutula olamiz?! Axir, dastlab bu najot xabarini bizga Rabbimiz Isoning O‘zi e’lon qildi–ku. Rabbimizga quloq solgan shohidlar bu xabarning haqiqiyligini bizga tasdiqlashdi.