NUR
Ibroniylarga 11
1Imon — umid qilingan narsalarning amalga oshishiga ishonish, ko‘rinmaydigan narsalarga amin bo‘lish demakdir.
2Imon tufayli ota –bobolarimiz Xudoning maqtoviga sazovor bo‘ldilar.
3Imon tufayli biz koinot Xudoning kalomi bilan yaratilganini anglab olamiz, ko‘rinadigan moddalar ko‘rinmaydigan voqelikdan vujudga kelganini bilamiz.