NUR

Xaggey 2

1O‘sha yilning yettinchi oy, yigirma birinchi kunida Egamiz yana xabar yuborib, quyidagi so‘zlarni payg‘ambar Xaggeyga ayon qildi:

2— Yahudo hokimi — Shaltiyol o‘g‘li Zarubabelga, oliy ruhoniy — Yahuzadax o‘g‘li Yoshuaga va asirlikdan qaytib kelgan butun xalqqa shu gaplarni yetkaz:

3— Orangizda oldingi Ma’badning shuhratini ko‘rganlar bormi? Hozirgi ko‘rinishi qanday? Oldingisi bilan solishtirganda bunisi arzimagan bir narsaday–ku, axir!

Nur ilovasida to'liq o'qish →