NUR
Xabaqquq 2
1Men minoraga chiqib olaman. Shahar devoridan olislarga qarab, Egamning javobini kutaman. Shikoyatimga javob berganda, Unga nima aytishimni o‘ylab ko‘raman.
2Egamiz menga shunday javob berdi: “Senga ayon qilgan so‘zlarimni tosh lavhalarga aniq qilib yoz, yugurib ketayotgan odam uni bir qarashdanoq o‘qiy oladigan bo‘lsin.
3Bashorat belgilangan vaqtda amalga oshadi. O‘sha vaqt hademay yetib keladi, bashorat ro‘yobga chiqadi. Bordi–yu, u kechikadigan bo‘lsa, sabr qilgin. U albatta bajo bo‘ladi, kech qolmaydi.