NUR
Ibtido 9
1Xudo Nuh bilan uning o‘g‘illariga marhamat qilib, ularga dedi: “Uvali–juvali bo‘linglar, yer yuzini to‘ldiringlar.
2Yer yuzidagi jamiki hayvonlar, osmondagi hamma qushlar, yerda sudralib yuruvchi jonivor va hasharotlarning hammasi, dengizdagi hamma baliqlar sizlardan qo‘rqib, hurkadigan bo‘ladi. Bularning hammasi ustidan sizlar hukmron bo‘lasizlar.
3O‘tni va sabzavotlarni sizlarga yemish qilib berganim singari, hamma tirik jonzotlarni ham sizlar uchun yemish qilib beraman.