NUR

Ibtido 7

1Nihoyat, vaqti kelib, Egamiz Nuhga aytdi: “Sen butun oila a’zolaring bilan kema ichiga kir. Yer yuzidagi xalqlar orasida Mening oldimda solih bo‘lib yurganlardan faqat seni topdim, xolos.

2O‘zing bilan halol hayvonlarning urg‘ochi va erkagidan yetti juft, harom hayvonlarning urg‘ochi va erkagidan esa bir juft ol.

3Qushlarning har bir turidan — erkagi va urg‘ochisidan ham yetti juft tanlab ol, toki butun yer yuzida bu jonzotlarning turlari saqlanib qolsin.

Nur ilovasida to'liq o'qish →