NUR
Ibtido 6
1Yer yuzida insonlar borgan sari ko‘paya boshladi. Qizlar ham tug‘ilgan edi.
2Ilohiy zotlar, bu qizlar chiroyli ekan, deb yoqtirganlarini o‘zlariga xotin qilib olaverdilar.
3Shunda Egamiz aytdi: “Men ato etgan Ruh insonlar bilan abadiy qolmaydi, chunki ular o‘ladigan jonlardir. Kelgusida ular 120 yil umr ko‘rsin.”