NUR
Ibtido 43
1Kan’on yurtida qahatchilik haddan ortiq kuchaydi.
2Yoqubning o‘g‘illari Misrdan olib kelgan donni yeb tugatishdi. Shundan keyin Yoqub o‘g‘illariga: — Yana borib, bir oz don sotib olib kelinglar, — dedi.
3Yahudo otasiga shunday dedi: — O‘sha odam, ukangizni olib kelmagunlaringizcha, ko‘zimga ko‘rinmanglar, deb bizni ogohlantirgan.