NUR
Ibtido 42
1Yoqub: “Misrda don bor ekan”, deb eshitgach, o‘g‘illariga dedi: — Bir–birlaringizga termulib o‘tiraverasizlarmi?
2Misrda don bor ekan, deb eshitdim. Boringlar, o‘zimizga don sotib olib kelinglar, tag‘in ochlikdan o‘lib ketmaylik.
3Shunday qilib, Yusufning o‘nta akasi don sotib olgani Misrga ketishdi.