NUR

Ibtido 39

1Ismoiliy savdogarlar Yusufni Misrga olib kelishgach, uni Misrlik Po‘tifar degan bir odamga sotishdi. Po‘tifar fir’avnning a’yonlaridan biri bo‘lib, qo‘riqchilar boshlig‘i edi.

2Egamiz Yusuf bilan birga bo‘lib, unga ko‘p omad keltirardi. Yusuf Misrlik xo‘jayinining xonadonida xizmat qilib yuraverdi.

3Po‘tifar ko‘rdiki, Egamiz Yusuf bilan birga bo‘lib, har bir qilgan ishida unga omad beryapti.

Nur ilovasida to'liq o'qish →