NUR

Ibtido 38

1Shu orada Yahudo aka–ukalaridan ajralib, alohida bo‘ldi va Adullam shahriga ko‘chib keldi. U Xirax degan odamga yaqin joyga o‘rnashdi. Xirax o‘sha yerlik edi.

2Yahudo bu yerda Kan’on xalqidan bo‘lgan bir qizni uchratib qoldi. Bu qiz Shuvo degan odamning qizi edi. Yahudo o‘sha qizga uylandi.

3O‘sha ayol homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di. Yahudo o‘g‘liga G‘ur, deb ism qo‘ydi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →