NUR
Ibtido 33
1Yoqub qarasa, Esov kelayotgan ekan, yonida to‘rt yuzta odami ham bor. Yoqub bolalarini Leaxga, Rohilaga va ikkala cho‘risiga taqsimladi.
2Cho‘rilari bilan ularning bolalarini eng oldinga, Leax bilan uning bolalarini ulardan keyin, Rohila bilan Yusufni esa oxiriga qo‘ydi.
3Yoqubning o‘zi ularning oldida bordi. Akasining oldiga yetib borguncha yetti marta egilib ta’zim qildi.