NUR
Ibtido 32
1Yoqub oila a’zolarini boshlab yo‘lda ketayotgan edi, Xudoning farishtalari unga duch kelib qoldi.
2Yoqub ularni ko‘rib: “Bu Xudoning lashkargohi!” dedi. Shuning uchun bu joyga Moxanayim, deb nom berdi.
3Yoqub borishidan oldin Seir, ya’ni Edom yurtida istiqomat qilayotgan akasi Esovga xabarchilarni yubordi.