NUR

Ibtido 18

1Kunning jazirama issiq payti edi. Ibrohim Mamredagi muqaddas emanzorda chodiriga kiraverishda o‘tirgan edi, shu payt Egamiz unga zohir bo‘ldi.

2Shu lahzada Ibrohim ro‘parasida uchta odam turganini bildi. Ibrohim uchalasini ko‘rgan zahoti chodirga kiraverishdan ularni kutib olgani yugurib bordi va muk tushib ta’zim qildi.

3— Hazratim, — dedi Ibrohim, — marhamatingizni darig‘ tutmanglar, bu qulingizning eshigini bosib o‘tib ketmanglar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →