NUR
Ezra 5
1O‘sha davrda Xaggey va Iddo o‘g‘li Zakariyo payg‘ambarlar Yahudo yurtidagi va Quddusdagi yahudiylarga Isroil xalqining Xudosi nomidan bashorat qila boshladilar.
2Shunda Shaltiyol o‘g‘li Zarubabel va Yohuzadax o‘g‘li Yoshua Xudoning Quddusdagi uyini qayta qurishga yana kirishdilar. Xudoning payg‘ambarlari ularning ishini qo‘llab–quvvatlab turdilar.
3O‘sha zahoti Furot daryosining g‘arbidagi viloyat hokimi Tattanay bilan Shatarbo‘zanay hamda ularning sheriklari yahudiylarning oldiga kelib: “Bu uyni ko‘tarishga, uni qayta qurishga kim sizlarga ijozat berdi?” deb so‘rashdi.