NUR

Hizqiyo 9

1Men Xudoning jarangdor ovozini eshitdim. U baland ovozda dedi: “Ey shaharni jazolash uchun tayinlanganlar, qurollaringizni olinglar. Bu yerga kelinglar!”

2Shu onda shimoldagi Yuqori darvoza tomonidan olti kishi keldi. Har birining qo‘lida halokatli quroli bor edi. Ularning orasida zig‘ir tolasidan to‘qilgan libos kiygan, beliga esa kotiblik asboblarini taqib olgan bir kimsa ham bor edi. Kelgan odamlarning hammasi ichkariga kirib, bronza qurbongohning yoniga borib turishdi.

3Karublar ustidagi Isroil Xudosining ulug‘vorligi o‘z joyidan ko‘tarilib, uyning ostonasiga bordi. So‘ng Egamiz zig‘ir libos kiygan kishini chaqirib,

Nur ilovasida to'liq o'qish →