NUR
Hizqiyo 8
1Surgun bo‘lgan paytimizning oltinchi yili oltinchi oyning beshinchi kunida Yahudo oqsoqollari meni ko‘rgani uyimga kelishdi. Men ular bilan o‘tirganimda, Egam Rabbiyning qudrati meni qamrab oldi.
2Qarasam, inson qiyofasidagi bir kishi turibdi. O‘sha kimsaning belidan pastki qismi olovday chaqnar edi. Yuqori qismi esa sayqallangan misday nur taratib turar edi.
3U qo‘lga o‘xshash bir uzvini uzatib, meni sochimdan tutdi. So‘ng Ruh meni zamin uzra ko‘tardi–da, Xudoning mana shu vahiysida Quddus shahriga olib ketdi. U meni Ma’badning ichki hovlisidagi shimoliy darvozaning oldida turgan katta bir but oldiga olib bordi. Bu but Xudoning rashkini qo‘zg‘atardi.