NUR
Hizqiyo 7
1Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2“Ey inson, Egang Rabbiy Isroil yurti haqida shunday deb aytmoqda: Kuni bitdi! Butun yurtning kuni yetdi!
3Ey Isroil, sening kuning bitdi, Men qahrimni ustingga sochaman. Tutgan yo‘ling uchun seni hukm qilaman, jirkanch odatlaring uchun jazolayman.