NUR
Hizqiyo 46
1Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ichki hovlining sharqiy darvozasi haftaning olti kuni davomida yopiq tursin, Shabbat kuni va yangi oy shodiyonasi kuni ochilsin.
2Hukmdor tashqi hovlidan bu darvoza binosining dahliziga kirib, dahlizning eshigida tursin. Ruhoniy kuydiriladigan va tinchlik qurbonliklarini keltirayotganda hukmdor dahliz ostonasida turib, Xudoga sajda qilsin. So‘ng kelgan yo‘li bilan chiqib ketsin. Darvoza kechgacha ochiq tursin.
3Har Shabbat va yangi oy shodiyonasi kuni Isroil xalqi bu darvoza oldida turib, Egangizga sajda qilsin.