NUR
Hizqiyo 45
1Isroil qabilalariga yerni bo‘lib berayotganingizda, Egamizga tegishli qismini ham ajratib qo‘yinglar. Egamizga ajratilgan hududning uzunligi 25.000 tirsak, eni 20.000 tirsak bo‘lsin. Butun hudud tabarruk hisoblansin.
2Hududning 500 tirsakka 500 tirsak bo‘lgan to‘rtburchak yeri Ma’bad uchun ajratiladi. Uning atrofi 50 tirsak masofada ochiq joy bo‘ladi.
3Tabarruk hududning yarmi ruhoniylarniki bo‘ladi. Uzunligi 25.000 tirsak, eni 10.000 tirsak bo‘lgan hududning bu qismida ruhoniylarning uylari va Ma’bad joylashadi. Bu eng muqaddas joy bo‘ladi.