NUR
Hizqiyo 25
1Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2“Ey inson, Ommon xalqiga yuzlan, ularga qarshi bashorat qil.
3Ommon xalqiga ayt: Egamiz Rabbiyning so‘zlarini eshiting! Egamiz Rabbiy shunday demoqda: muqaddas maskanim harom qilinganda, Isroil yurti xarob bo‘lganda, Yahudo xonadoni surgun qilinganda sizlar: “Aha!” deya xursand bo‘lgan edingizlar.