NUR
Hizqiyo 2
1O‘sha ovoz menga dedi: — Ey inson, o‘rningdan tur, Men sen bilan gaplashmoqchiman.
2Ovoz menga gapirayotganda Ruh ichimga kirib, meni turg‘izib qo‘ydi. Men gapning davomini tingladim.
3U menga shunday dedi: — Ey inson, Men seni itoatsiz Isroil xalqining oldiga yuboraman. Ular Menga qarshi bosh ko‘tarishdi. Ularning o‘zlari ham, ota–bobolari ham shu kungacha Menga qarshi gunoh qilib kelishgan.