NUR
Chiqish 8
1Egamiz Musoga yana aytdi: — Fir’avnning huzuriga borib, Mening shu gapimni yetkaz: “ Egamiz shunday aytmoqda: — Mening xalqimga ijozat ber, ular borib, Menga sajda qilsin.
2Agar sen xalqimga ijozat berishdan bo‘yin tovlasang, butun yurtingga qurbaqa yuborib shikast yetkazaman.
3Daryo qurbaqalar bilan to‘lib–toshadi. Qurbaqalar daryodan chiqib, sening saroyingga, yotoqxonangga, to‘shagingga, a’yonlaringu xalqingning uylariga, tandirlariga va xamir tog‘oralariga ham kirib oladi.